Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
EHTIYOJMAND OILALAR MANFAATI YO‘LIDAGI AMALIY ISHLAR O‘RGANILDI

 EHTIYOJMAND OILALAR MANFAATI YO‘LIDAGI AMALIY ISHLAR O‘RGANILDI

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning
munosib turmush kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratda.


Shu maqsadda xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Xakimova hamda
kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori ijrosi doirasida Guliston
mahalla fuqarolar yig‘inida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan
hamda tarkibida I-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qilayotgan
xonadonda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

Bunda asosiy e’tibor bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish
materiallarining holati va belgilangan reja asosida olib borilishiga qaratildi.


Mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida, sifatli hamda
belgilangan me’yor va talablarga qat’iy rioya etgan holda yakunlash yuzasidan
tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


O‘rganish yakunida xonadon a’zolari bilan muloqot qilinib, ularning taklif va
fikrlari tinglandi. Fuqarolar yaratilayotgan sharoitlar hamda ko‘rsatilayotgan
amaliy yordam uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar.


Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd
etildi, bartaraf etilishi masalasi esa nazoratga olindi
  

Slide 1 of 5