Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlarda qonun hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar hamda tizim faoliyati yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Termiz tuman Mahalla uyushmasi bo‘limida tashkil etildi. Unda mahallalarda olib borilayotgan ijtimoiy-ma’naviy ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi yuzasidan batafsil tanishildi.

O‘rganish davomida mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish hamda tizim faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Bunday o‘rganishlar davlat organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7