Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida maktabdagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahar 19-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni turli fan, sport va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi mashg‘ulotlarga keng jalb etish borasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida tashkil etilgan to‘garaklar, qo‘shimcha mashg‘ulotlar hamda yoshlarning qiziqishlariga mos loyihalar faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, maktab hududida joylashgan suv gidrantining texnik holati bilan bog‘liq murojaat o‘rganildi. O‘rganish yakunlariga ko‘ra, gidrantni ta’mirlash va uning uzluksiz ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Maktab ma’muriyati bilan o‘tkazilgan suhbat davomida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarni foydali mashg‘ulotlarga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘quvchilar qamrovini yanada kengaytirish hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4