Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Adliya bo‘limi mas’ul xodimlari hamkorligida fuqarolar uchun yer munosabatlarini huquqiy tartibga solishga doir qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibiga oid qonunchilikka kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Xususan, mazkur sohada qabul qilingan yangi huquqiy normalarning asosiy maqsadi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, yer munosabatlarida
shaffoflik va qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, huquqiy aniqlikni ta’minlashdan iborat ekani ta’kidlandi.