Aholi murojaati nazoratga olindi
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G‘. Safarov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida O‘zbekiston va Furqat mahallalari fuqarolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda aholini tashvishga solayotgan qator masalalar muhokama qilingan edi.
Xususan, fuqarolar tomonidan “Qiziltepa naslli parranda” MCHJga qarashli tuxum yetishtirishga mo‘ljallangan tovuq fabrikasi faoliyati natijasida atrof-muhitga taralayotgan noxush hidlar, sanitariya holati, atmosfera havosining ifloslanishi hamda buning aholi salomatligiga salbiy ta’siri yuzasidan murojaatlar bildirilgan.
Mazkur murojaatlar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari va saylovchilar ishtirokida korxona faoliyati joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar joyida ko‘zdan kechirildi va mavjud holat yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi.