Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
Deputat mahallada!

MAHALLADA SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar tomonidan tumandagi “Tinchlik” mahallasida mahalla soliq inspektori faoliyati hamda unga yuklatilgan vazifalarning ijrosi holati o‘rganildi.
⚡️O‘rganish jarayonida mahalla hududida soliq intizomini mustahkamlash, soliq to‘lovchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borish, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni rasmiylashtirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonuniy tashkil etishga ko‘maklashish hamda yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
⚡️Shuningdek, mahalla soliq inspektori tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan muntazam muloqotlar tashkil etish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar ham ko‘zdan kechirildi.
⚡️O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini yanada oshirish hamda aholi o‘rtasida soliq madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
⚡️Bu kabi o‘rganishlar mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirish, budjet tushumlarini ko‘paytirish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 4