Dasturlar ijrosi va qurilish ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyevalar tuman Kengashiga 9-Gilambob saylov okrugidan saylangan deputat A.Kenjayev hududidagi “Xalqobod” mahallasida bo‘lib, Investitsiya dasturiga kiritilgan 210 o‘rinli 5-maktab qurilishi obyektida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, obyektning loyiha asosida barpo etilishi, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, yangi maktab foydalanishga topshirilgach, hududdagi o‘quvchilarning zamonaviy va qulay sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish hamda mavjud ehtiyojlarni qoplashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Deputatlar tomonidan qurilish jarayonini sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#J_Xudoyqulova #Q_Igamberdiyeva