"Xalqobod" mahallasi yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyevalar tuman Kengashiga 9-Gilambob saylov okrugidan saylangan deputat A.Kenjayev hududidagi “Xalqobod” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida mahallada aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar bilan ishlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda fuqarolar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va davlat dasturlari ijrosini ta’minlash yo‘nalishlarida olib borilayotgan faoliyat yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi. Tashrif davomida mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#J_Xudoyqulova #Q_Igamberdiyeva