Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda
янв.21
Saylovchilar muammolari o‘rganildi va qonunlar targ‘ib qilindi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova ishtirokida siyosiy partiyalar tomonidan haftalik asosda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi
Termiz tumanidagi sport maktabi faoliyati o‘rganildi

Termiz tumanidagi sport maktabi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A.Abdullayev tomonidan o‘ziga biriktirilgan tashkilotlar faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri olib borildi. Mazkur o‘rganishlar davomida Termiz tumanidagi sport maktabi faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Tadbir jarayonida sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport zallari va maydonlarining holati, mavjud jihozlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda murabbiylar faoliyati o‘rganildi. Shu bilan birga, sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlarning qamrovi, ularning yutuqlari hamda sportni yanada ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat olib borildi.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4