35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov ishtirokida Juma — “Oila” kuni doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

 Juma — “Oila” kuni doirasida “Ota — oilaning bosh tarbiyachisi” hamda “Ixcham to‘ylar tarafdorimiz — oilaviy ajrimlarga qarshimiz” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Andijon viloyati targ‘ibot guruhi rahbari, “Shuhrat” medali va “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi Qodirova Mufazzal Arslanovna, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Ataxonov Farhodbek Abdumajidovich, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi vakillari hamda “Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faollari ishtirok etdilar.

Suhbat davomida oilada otaning o‘rni, farzand tarbiyasi, ixcham to‘ylarni targ‘ib qilish va oilaviy ajrimlarning oldini olish masalalari muhokama qilinib, ishtirokchilarning savollariga javob berildi.

Slide 1 of 5