35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Deputat tashabbusi va deputatlik so‘rovi natijasida Beshbola mahallasida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda 🛠️

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X. Turdiqulov tashabbusi hamda yuborilgan deputatlik so‘rovlari natijasida Beshbola mahallasida aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli infratuzilma ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

🛣 Mazkur ishlar doirasida:
* mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash;
* yangi transformatorlar o‘rnatish;
* beton elektr ustunlarini o‘rnatish;
* elektr tarmoqlarini yangilash;
* aholi tomorqalari uchun suv tizimini yaxshilash kabi muhim bunyodkorlik ishlari rejalashtirilgan.

✅ Hozirgi kunga qadar mahalla ichki yo‘llarining 2 kilometr 500 metr qismi to‘liq asfaltlashtirildi. Loyiha doirasida belgilangan qolgan amaliy ishlar ham navbati bilan bajarib borilmoqda.

Slide 1 of 4