35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratova tomonidan tasdiqlangan kunlik ish rejasiga ko'ra tashkiliy, nazorat va amaliy ishlar amalga oshiriladi.

 Ish kuni xodimlar davomatini nazorat qilish, E-Kengash va EDO tizimlari orqali kelib tushgan murojaatlar hamda xatlar bilan ishlashdan boshlandi.

🔹 Kengash faoliyatini ochiq va shaffof yoritish maqsadida rasmiy kanal orqali yangiliklar muntazam e’lon qilinadi.

🔹 Kotibiyat bosh mutaxassislari V. Ro‘ziyev va E. Turayevga biriktirilgan vazifalar bo‘yicha:

* murojaatlarni ko‘rib chiqish;

* mahallalarda joyiga chiqib o‘rganishlar o‘tkazish;

* navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko‘rish;

* doimiy komissiyalar hujjatlari, bayonnoma va qaror loyihalarini tayyorlash ishlari tashkil etildi.

🏘 Kun davomida2-saylov okrugidagi Temiryo‘l mahallasi hamda 1-saylov okrugidagi Qo‘shquduq mahallalarida fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, hududdagi dolzarb masalalar o‘rganiladi.