Mazkur qaror bilan Kogon shahrida 2026-yil davomida ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha avval tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritildi
#muhim_qaror #kengash_qarori_qabul_qilindi
Mazkur qaror bilan Kogon shahrida 2026-yil davomida ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha avval tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritildi
Qarorga muvofiq, yangilangan ro‘yxat asosida ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish, qurilish me’yorlariga qat’iy rioya qilish hamda jamoatchilik nazoratini ta’minlash vazifalari belgilandi
Shuningdek, mas’ullarga mablag‘lardan maqsadli foydalanish, ishlar sifati va muddatlari yuzasidan har chorakda Kengashga axborot kiritib borish topshirildi.
Qaror ijrosi tegishli doimiy komissiya nazoratiga olindi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati