O‘rganish davomida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar e'tirof etildi. Deputat mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, amaliy mashg‘ulotlar sifatini yanada oshirish hamda ta'lim jarayonini takomillashtirish yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashdi.