35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

🔰Deputatlar tibbiyot muassasasidagi holatni o‘rgandi.

📌Aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining doimiy komissiyasi raisi M.Abdusattarova boshchiligidagi shahar Kengashi deputatlari, komissiya a‘zolari hamda ekspertlar tomonidan navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. 

🔹Ishchi guruh Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni joyida o‘rgandi:

▫️Sog‘liqni saqlashga oid davlat dasturlarining ijrosi;

▫️Kasalliklar profilaktikasi va aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish holati;

▫️Tibbiyot maskanining asosiy ish ko‘rsatkichlari.

🔹O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan tizimli muammolar va sohani rivojlantirishga doir takliflar Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga taqdim etiladi.

Slide 1 of 4