"Obodlik xonadon, ko‘cha va mahalladan boshlanadi" shiori ostida Shodlik mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va hududlarni ozoda saqlash ishlari davomida Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etdi.
Jumladan, deputatlar G.Qorayeva va O.Aliqulov mahallada tashkil etilgan obodonlashtirish tadbirlarida qatnashib, hududni yanada ko‘rkam va ozoda saqlashga qaratilgan ishlarga o‘z hissalarini qo‘shdilar.