Jańalıqlar

📊 „G‘allakon“ MFYda mahalla yettiligining 6 oylik faoliyati tahlil qilindi

📊 „G‘allakon“ MFYda mahalla yettiligining 6 oylik faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov ishtirokida „G‘allakon“ mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligining o‘tgan 6 oylik faoliyati atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda aholi muammolarini hal etish, bandlikni taʼminlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

📌 Muhokama yakuniga ko‘ra:

  • Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va ularni bartaraf etish choralari belgilandi;
  • Mahalla yettiligining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi;
  • Kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 

Slide 1 of 4