Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Bo'ston mahallasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari Y.Jo'rayev, N.Turdiyev kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan Bo'ston mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularning yechimi hamda hududni yanada obod qilish, infratuzilmani rivojlantirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda murojaatlar ijrosini nazoratga olish bo'yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 6