Jańalıqlar

🔹 Deputat nazorati:

🔹 Deputat nazorati:
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Norqulov tomonidan Fidokor mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa "qizil" va "sariq" toifadagi hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.
Nazorat-tahlil jarayonida mahallada 24 ta muhim yo‘nalish doirasida profilaktika inspektori, mahalla yettiligi hamda tegishli mas’ul tashkilotlar faoliyati o‘rganildi. Xususan, huquqbuzarliklar profilaktikasi, xavf guruhidagi shaxslar bilan manzilli ishlash, notinch oilalar, yoshlar va xotin-qizlar muammolarini barvaqt aniqlash, ijtimoiy profilaktika tadbirlari, murojaatlar bilan ishlash hamda jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2