Jańalıqlar

"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 21-Po‘loti saylov okrugidan saylangan deputat Q.Safarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov hamkorligida tuman Savdo-sanoat palatasida "Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi.
✔️Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi aholi, tadbirkorlar, yoshlar hamda muassasa xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashdan iborat.
✔️Tashkil etilgan mo‘jaz kutubxonaga turli sohalarga oid badiiy, ilmiy-ommabop, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar joylashtirildi. Loyiha doirasida fuqarolar o‘qib bo‘lgan kitoblarini kutubxonaga taqdim etishlari va o‘z navbatida boshqa kitoblarni mutolaa qilish uchun olishlari mumkin.
✔️Tadbir davomida kitobxonlikni ommalashtirish, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda jamiyatda ma’rifatli muhitni shakllantirish har birimiz uchun muhim vazifa ekani alohida ta’kidlandi.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan ham kelgusida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5