Jańalıqlar

Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani

Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani

Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati N.Mavlonova haftalik ish rejaga asosan, Hazratibob mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi F.Qirg'izovning faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda bandlikni ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2