Jańalıqlar

📍 Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi raisi Y. Mo‘minova, kotibiyat mudiri Q. Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov Mallaboy mahallasida bo‘lib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

Murojaat davomida fuqaroni qiynab kelayotgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va amaliy choralar belgilandi.

Mutasaddilar tomonidan murojaatda ko‘tarilgan masalalarni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish bo‘yicha zarur ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

🤝 Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini eshitish hamda amaliy yechim topish — xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi muhim omildir.

Slide 1 of 3