Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq bilan muloqot: murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Suvonov Xusnitdin rahbarligida Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabul davomida 20 dan ortiq fuqaroning murojaatlari tinglandi. Qabul jarayonida tibbiyot, ichki ko‘chalarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinib, har biri atroflicha o‘rganildi.
Qabul davomida ko‘rib chiqilgan murojaatlarning yana 10 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
 

Slide 1 of 7