Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda tuman Kengashi deputatlari N.Turdiyev va J.Usmonovlar tomonidan Mustaqillik mahallasida aholi tomorqalarini sug‘orish maqsadida qurilgan sug‘orish tarmog‘i o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida sug‘orish tarmog‘i yangidan qurilgani, biroq ayrim lotoklarning tutash qismlaridan suv sizib chiqish holatlari mavjudligi aniqlandi.

🔷Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman Suv yetkazib berish DM bosh injeneriga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

🔷Shuningdek, mahalla aholisi murojaatiga asosan hududga qo‘shimcha ravishda bir dona gidrant o‘rnatish zarurligi qayd etilib, ushbu masalani ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilar bilan muhokamalar olib borildi.

Slide 1 of 5