Jańalıqlar

NOTARIAL XIZMATLAR SIFATI VA SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 2-“Yoshlik” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Abduvoxidov Shuxrat Abduxamidovichlar tomonidan deputatlik faoliyati doirasida Parkent tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Narbayev Akmal Abduraxmanovich bilan uchrashuv o‘tkazilib, notarial xizmatlar sifati va samaradorligi muhokama qilindi.Suhbat davomida aholiga ko‘rsatilayotgan notarial xizmatlar sifati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmatlarning o‘z vaqtida va samarali ko‘rsatilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, deputatlar tomonidan notarial xizmatlar tizimida mavjud ayrim masalalar yuzasidan fikr almashilib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Bu kabi uchrashuvlar aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 1