O‘rganishlar davomida ishchi guruh navbatda 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
👥 Ishchi guruh tarkibida Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxiatosh tuman Kengashi raisi, deputat Artikov Davron Omarbayevich hamda deputat Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich ishtirok etdi.
🔍 Bu safar e’tibor quyidagi jihatlarga qaratildi:
🍽 oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari
🎠 bolalar maydonchalari holati
🛏 dam olish uchun yaratilgan sharoitlar
👩🏫 xodimlar uchun sharoitlar
🧼 gigiena anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi
📌 O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ilgari surildi.
⚡️ Izchil nazorat — sifatli ta’lim va xavfsiz muhit garovidir.