Jańalıqlar

Nurobod tumani Sarikul mahallasi hududida tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarida zararli chigirtkalarning ko‘payib ketishining oldini olish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov tashabbusi bilan Sarikul mahallasi aholisi bilan hamkorlikda chigirtkaga qarshi kurashish ishlari tashkil etildi.
Tadbir davomida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, hashoratlarga qarshi qo‘llanilayotgan kimyoviy dorilar mutlaqo bepul ekanligi, inson salomatligi uchun zararsizligi hamda birgalikda harakat qilinsa, chigirtkalarning ekin maydonlariga katta zarar yetkazishining oldini olish mumkinligi haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, texnika yetib bora olmaydigan tog‘li va yaylov hududlarida mahalla aholisi bilan hamkorlikda kimyoviy dorilash ishlari amalga oshirildi.
Bunday hamjihatlikda olib borilayotgan ishlar qishloq xo‘jaligi ekinlarini muhofaza qilish, chorvachilik uchun yaylovlarni saqlab qolish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5