Jańalıqlar

Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari N.Alimov hamda D.Yusupov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Toirov, kotibiyat bosh mutaxassislari G.Aripova va A.Ashirmatovlar tomonidan “Beruniy” mahallasida fuqarolar tomonidan bildirilgan yaroqsiz holga kelib qolgan suv quvuri bilan bog‘liq muammo mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida mavjud suv tarmog‘ining texnik holati ko‘zdan kechirilib mazkur masala yuzasidan takliflar tinglandi.
Aniqlangan muammoni bartaraf etish, eskirgan suv quvurlarini ta’mirlash hamda tizimni yaxshilash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Mazkur masala deputatlar tomonidan nazoratga olinib, aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5