Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Deputatlik nazorati amalga oshirildi

🔹 Sherobod tuman hokimi o‘rinbosari Ch. Rahmonov, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 9-G‘o‘rin-Xakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Xakimobod” mahallasida deputatlik nazorati olib borildi.

📌 Nazorat davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari hamda aholi murojaatlari o‘rganildi.

🌾 Shuningdek, “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, yer maydonlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🤝 Deputatlik nazorati jarayonida hududni yanada rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va mavjud muammolarni tizimli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 6