Jańalıqlar

Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi

O'zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari U.Abduraxmanov va Y.Axmedovlar tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla institutining jamiyatdagi rolini yanada oshirish, uni aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida samarali ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📊 Mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda hududda ijtimoiy muhitni yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3