Jańalıqlar

KUNLIK VAZIFALAR IJROSI – TIZIMLI TASHKIL ETILMOQDA

 KUNLIK VAZIFALAR IJROSI – TIZIMLI TASHKIL ETILMOQDA

✍️Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyat mudiri Amanov Baxtiyor tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida xodimlar o‘rtasida kunlik topshiriqlar taqsimoti amalga oshirildi.

✍️Mazkur jarayonda har bir xodimning vazifalari aniq belgilab berilib, ijro intizomini mustahkamlash, ish samaradorligini oshirish hamda belgilangan rejalar asosida tizimli faoliyat yuritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✍️Shuningdek, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✍️Bu kabi tizimli yondashuvlar kotibiyat faoliyatining samaradorligini oshirishga hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga
xizmat qiladi.
 

   

Slide 1 of 1