Jańalıqlar

Xotira muqaddas — jasorat mangu barhayot!

Xotira muqaddas — jasorat mangu barhayot!

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Termiz tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Avliyakulov hamda mahalla faollari ishtirokida Vatanimiz tinchligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan marhum Muhiddin Eshtemirov xonadoniga tashrif buyurildi.

Tadbir davomida Muhiddin Eshtemirovning mardligi va ko‘rsatgan jasorati chuqur ehtirom bilan yod etildi. Deputat uning oila a’zolari bilan dildan suhbat qurib, minnatdorchilik bildirdi.

Inson qadri va xotirasi hamisha e’zozda.

Slide 1 of 6