Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

🏛Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, kotibiyat mudiri N.Turdiyev hamda mahalla raisi tomonidan “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi doirasida Andijon MFY Firdavsiy koʻchasida qurilayotgan piyodalar yoʻlakchasi qurilish ishlari oʻrganildi.

📌Oʻrganish jarayonida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, piyodalar uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda qurilishning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, piyodalar yoʻlakchasini qurish jarayonida elektr simyogʻochlari qurilish ishlariga halaqit berayotganligi aniqlanib, mazkur masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga elektr simyogʻochlarining joyini oʻzgartirish boʻyicha deputatlik soʻrovi chiqarilishi belgilandi.

Slide 1 of 4