Jańalıqlar

Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi

Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari “Barkamol avlod” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Sifat yog‘och mebel” ishlab chiqarish sexiga tashrif buyurib, uning ish jarayonlarini yaqindan o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev, deputatlar — O. Yusupov, A. Nishanov, B. Halilov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari, mavjud sharoitlar va faoliyatni yanada rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10