Jańalıqlar

Xalq bilan muloqot – hududlardagi muammolarni oʻrganish

Xalq bilan muloqot – hududlardagi muammolarni oʻrganish

🏡 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 1-Sanoat saylov okrugi deputati N. Sadritdinov tomonidan “Oltitosh” mahalla fuqarolar yigʻinida oʻrganish ishlari olib borildi.

📑 Oʻrganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga koʻrsatilayotgan xizmatlarni sifatli tashkil etish, kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda toʻlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi oʻrganildi.

📝 Oʻrganish yakunlari boʻyicha hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga koʻrsatilgan yordamlar haqida maʼlumotlar olindi. Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish va bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

💎 Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 8