💬Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
🔅Tahlillar davomida mahalla raisining:
✔️Aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash holati;
✔️Hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;
✔️"Mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirishdagi o‘rni va shaxsiy mas’uliyati ko‘rib chiqildi.
🫥O‘rganish yakunida mahalla raisiga ish samaradorligini yanada oshirish, aholi muammolarini "mahallabay" hal etish tizimini kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.