⏺Ushbu obyekt 2025-yilning ikkinchi mavsumida fuqarolar tashabbusi — “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib deb topilgan.
💬Loyiha doirasida Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filiali hududida Termiz shahar tez tibbiy yordam stansiyasi uchun zamonaviy bino barpo etilmoqda.
🔅“Xalqparvar” komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbiri davomida quyidagilar aniqlandi:
✔️Binoning asosiy qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlangan;
✔️Hozirda xonalarni ichki pardozlash va yakuniy dizayn ishlari olib borilmoqda;
✔️Qurilish ishlari belgilangan reja va sifat standartlari asosida amalga oshirilmoqda.
💬Yangi va zamonaviy binoning foydalanishga topshirilishi tez tibbiy yordam xodimlariga qulay ish sharoiti yaratadi, eng muhimi — shahar aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat tezkorligi va sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
🫥Xalq tashabbusi — amalda! Kengash va komissiya tomonidan loyihaning yakuniy bosqichi va foydalanishga topshirilishi qat’iy nazoratga olingan.