Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashdi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputatlari Matyoqubova Rayxon Bekturdiyevna hamda Axmedov Jahongir Raximbergan o‘g‘li Oshaq-qal’a mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida mahalla yoshlar yetakchisi Yusupov Temur Ravshanbekovich tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.
Hisobotda Xorazm Med Invest tibbiyot texnikumi “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi talabasi Baxtiyorova Dinora Masharif qizi hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi “Funksional diagnostika” yo‘nalishi talabasi Karimboyeva Xayitgul Shodlik qizining o‘quv kontraktini to‘lab berish rejalashtirilgani alohida ta’kidlandi.