Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

  Aholi murojaati amalda ijobiy hal etildi. 

  📌O‘tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan Bo‘ston MFY Nafosat ko‘chasidagi ichki oqar suv ariqlarining to‘lib olganligi hamda ularni maxsus texnikalar yordamida tozalash zarurligi yuzasidan murojaat bildirilgan edi. 

   Mazkur murojaatni ijobiy hal etish maqsadida Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Mamadaliyev tashabbusi bilan hududga maxsus texnikalar jalb qilinib, ariqlarni tozalash ishlari amalga oshirildi. 

  ♻️Natijada muammo o‘z vaqtida bartaraf etilib, hudud aholisi uchun qulayliklar yaratildi. 

  Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 5