Jańalıqlar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish-rejasi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi hafta ish-rejasi

Uzun tumani Kengashi faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda deputatlarning saylov okruglaridagi ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida 2026-yil 20–24-aprel kunlari uchun mo‘ljallangan ish-rejasi tasdiqlandi.

📌Hafta davomida quyidagi muhim yo‘nalishlarda ishlar olib boriladi:

✅ Infratuzilma nazorati: „Tojikobod", „Xatib-qahramon", „Dehqon" va „Yangi kuch" MFYlarida oqava suv tarmoqlari, ichimlik suvi inshootlari va yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati deputatlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganiladi. 

Mas'ullar: Kotibiyat mudiri: O‘.Rajabov, bosh mutaxasssislar Sh.Ergasheva.

✅ Hisobdorlik: Doimiy komissiya yig‘ilishlarida Uzun tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hamda Uzun tumani Yo‘llardan foydalanish Davlat muasasasi boshliqliqlarining amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari eshitiladi.                                                                                                                                                                                                                             

Mas'ullar: Kotibiyat mudiri: O‘.Rajabov, bosh mutaxasssis Sh.Ergasheva.

✅ Saylovchilar bilan muloqot: Tasdiqlangan reja asosida saylov okruglarida deputatlarning o‘rganishlari va fuqarolar uchun sayyor qabullari tashkil etiladi.                                                                                                                                                                                                                           

Mas'ullar: Kotibiyat mudiri: O‘.Rajabov, bosh mutaxasssis Sh.Ergasheva.

✅ Deputatlik nazorati: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Senat qarorlari ijrosini ta’minlash, deputatlik so‘rovlari yuborish va murojaatlarni qonuniy ko‘rib chiqish diqqat markazida bo‘ladi.                                                                                                                                                    

Mas'ullar: Bosh mutaxasssis Sh.Ergasheva.