Jańalıqlar

Baxmal tumanida yer — xazina, undan oqilona foydalanish — burch!

Baxmal tumanida yer — xazina, undan oqilona foydalanish — burch!

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputatlari A. Ergashev va N. Norqulovlar tomonidan “Fidokor” mahallasida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda mahalla faollari ham ishtirok etishdi.

✅ Asosiy maqsad:

— Har bir qarich yerdan unumli foydalanish;

— Aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish;

— Tomorqada ekin ekish ishlarining borishi bilan tanishish.

Muloqot davomida dehqonchilik sirlari va zamonaviy usullarni qo‘llash bo‘yicha mahalla ahliga zarur maslahatlar berildi. Zero, yerga mehr bergan inson kam bo‘lmaydi.

Slide 1 of 4