Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati, 9-Yangiravot saylov okrugidan saylangan Abdusalomov Elyor Salaxiddinovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustda qabul qilingan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-393-sonli Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
👨⚕️ Tadbirda Ishtixon tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimi ham ishtirok etib, sanitariya qoidalariga rioya qilish, shaxsiy gigiyena, mavsumiy kasalliklarning oldini olish, maktabda tozalik va xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari bo‘yicha tushunchalar berdi.
📌 Uchrashuv davomida:
• qo‘llarni to‘g‘ri yuvish;
• oziq-ovqat mahsulotlaridan xavfsiz foydalanish;
• yuqumli kasalliklardan saqlanish;
• sog‘lom turmush tarziga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🏫 Shuningdek, o‘qituvchilar bilan maktabda sanitariya talablariga qat’iy rioya etish, profilaktik choralarni kuchaytirish va o‘quvchilar salomatligini asrash yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Mazkur uchrashuv yoshlar o‘rtasida sanitariya madaniyatini oshirish, sog‘lom muhitni shakllantirish hamda qonun talablarini joylarda samarali ta’minlashga xizmat qilmoqda.