#tavsiyalar_asosida
#96_qonun
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari — K. Yodgorova, J. Do‘stov, Sh. Mavlonov va X. Amonovlardan iborat ishchi guruh tomonidan shahardagi 5-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tashrif davomida o‘quv jarayonining sifati, o‘qituvchilarning faoliyati, o‘quvchilarning bilim darajasi hamda maktabning moddiy-texnik bazasi atroflicha tahlil qilindi. Sinfxonalar holati, jihozlanish darajasi va sanitariya talablariga rioya etilishi ham ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tashrif doirasida amaldagi qonunlar mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilib, pedagog jamoaga sohadagi yangiliklar va belgilangan vazifalar haqida tushuntirishlar berildi. Xususan: quyidagi qonunlar
Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”
Qabul qilingan sana: 07.01.2008
Qonun № O‘RQ-139
“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”
Qabul qilingan sana: 02.01.2014
Qonun № O‘RQ-364
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”
Qabul qilingan sana: 14.09.2016
Qonun № O‘RQ-406
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Qabul qilingan sana: 04.09.2015
Qonun № O‘RQ-394
“Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”
Qabul qilingan sana: 14.11.2024
Qonun № O‘RQ-996
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)