⚡️Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Muminova Lobar Rabbimkulovna Vorsin mahallasida joylashgan 59-maktabda bo‘lib, yangi qo‘shimcha bino qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi.
⚡️Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyoti banki ishtirokida ‘Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish’ (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.
⚡️O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, sifat darajasi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mazkur obyektni o‘z vaqtida va sifatli topshirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi