Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFY Mirtemir ko‘chasidagi elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
424-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar maydonchasini zamonaviy jihozlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ 424-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar maydonchasini zamonaviy jihozlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi “39-Minor” saylov okrugi deputati Nigora Eshmetova tomonidan Yunusobod tumanidagi 424-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hududidagi bolalar maydonchasini zamonaviy o‘yin va sport jihozlari bilan ta’minlash masalasi yuzasidan Yunusobod tumani hokimi A. Saidaliyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔺 Deputatlik so‘rovi hududdagi ijtimoiy soha obyektlari va mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilgan o‘rganishlar hamda kelib tushgan murojaatlar asosida tayyorlangan. O‘rganishlarda 424-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hududidagi bolalar maydonchalarini yangilash va zamonaviy jihozlar bilan boyitishga ehtiyoj mavjudligi qayd etilgan.

📝 Xususan, 424-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori A.X. Akilova tomonidan deputat Nigora Eshmetovaga yo‘llangan murojaatda muassasa hududidagi mavjud bolalar maydonchalarini zamonaviy talablar asosida jihozlash masalasi ko‘tarilgan.

🎠 Murojaatda tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli va qiziqarli tashkil etish uchun maydonchalarni zamonaviy o‘yin va sport jihozlari, yangi arg‘imchoqlar, tebrangichlar, bolalar uchun xavfsiz o‘yin majmualari hamda turli zamonaviy o‘yin hududlari bilan ta’minlash zarurligi bildirilgan.

🌳 Ta’kidlanganidek, zamonaviy va xavfsiz o‘yin maydonchalari bolalarning nafaqat maroqli hordiq chiqarishi, balki ularning jismoniy faolligi, mustaqilligi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ham qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Nigora Eshmetova tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Yunusobod tumani hokimi A. Saidaliyevdan 424-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hududidagi bolalar maydonchalarini zamonaviy o‘yin va sport jihozlari, arg‘imchoqlar, tebrangichlar, bolalar o‘yin majmualari hamda zamonaviy o‘yin hududlari bilan jihozlash masalasini o‘rganib chiqish so‘ralgan.

📩 Shuningdek, mazkur masala yuzasidan olib borilgan o‘rganish natijalari va ko‘rilishi belgilangan choralar haqida 10 kun muddatda tegishli ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 424-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay o‘yin muhitini yaratishga qaratilgan mazkur masala deputat Nigora Eshmetova tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1