35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
31-OLIM XO‘JAYEV SAYLOV OKRUGIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ 31-OLIM XO‘JAYEV SAYLOV OKRUGIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 31-Olim Xo‘jayev saylov okrugidan saylangan deputati Aziz Ibragimov Shayxontohur tumanidagi “Charxnovza” mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Muqaddas Raxmatillayeva, tuman Kengashi kotibiyati mas’ullari, tuman hokimligi mas’ul xodimlari, mahalla faollari hamda saylovchilar ishtirok etdi.

📍 Uchrashuv davomida 31-Olim Xo‘jayev saylov okrugi, xususan “Charxnovza” mahallasidagi mavjud holat, aholini qiynayotgan masalalar hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

🔺 Xususan, mahalla ichki yo‘llarining holati, ko‘chalarni tungi yoritish, hududlarni obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, bolalar va sport maydonchalarini yaxshilash, irrigatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📉 Gaz ta’minoti tizimini yaxshilash yo‘nalishida hududda 2 ta gaz taqsimlash punkti o‘rnatilgani, 48 ta gaz taqsimlash punkti texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani hamda 800 metr gaz quvuri bo‘yalgani qayd etildi.

🗣 Aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 15 nafar band bo‘lmagan fuqaroning bandligi ta’minlangani, hududda 20 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgani ma’lum qilindi.

📁 Shuningdek, 40 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro bilan manzilli ishlash tashkil etilib, ularning mavjud muammo va ehtiyojlarini hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilgani ta’kidlandi.

📨 Aholi murojaatlari bilan ishlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 25 ta murojaat ijobiy hal etilib, 10 ta murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgani qayd etildi. Hududdagi obodonlashtirish va ijtimoiy sohaga oid ayrim muammolar yuzasidan 2 ta deputatlik so‘rovi tegishli tashkilotlarga yuborilib, masalalar deputatlik nazoratiga olingan.

🔎 Uchrashuvda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, yoshlar bandligi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv ta’minoti, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarning holati kabi masalalar ham muhokama qilindi.

📋 Ochiq muloqot davomida saylovchilarning hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar, ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirishga oid fikr, taklif va murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar tuman hokimligi va tegishli tashkilotlar mas’ullari bilan birgalikda muhokama qilindi.

🤝 Uchrashuv yakunida “Charxnovza” mahallasi va 31-Olim Xo‘jayev saylov okrugida aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, aholi murojaatlarining ijrosini nazorat qilish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7