Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
11-Ko‘mirchi saylov okrugi deputati A. Yursunov Ko‘mirchi va Zarhal mahallalarida bo‘lib, MFY raislari hamda profilaktika
inspektorlari bilan mahallalardagi kriminogen vaziyat yuzasidan suhbatlashdi. Muloqot davomida hududdagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklar holati, ularning kelib chiqish sabablari, muammoli oilalar, nazoratdagi fuqarolar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar hamda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Deputat tomonidan mavjud muammolarni bartaraf etish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va mahallalarda tinch hamda osoyishta muhitni mustahkamlash yuzasidan masʼullar bilan fikr almashildi. Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.