35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

🔹 Dastlab, Olmazor tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida. Olmazor tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Xatamov Dilshod Faxriddinovichni hisoboti eshitildi.
🔹 Shuningdek, Respublika budjetidan 2026-2027 yillarda Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash va uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida Olmazor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Xamidullayev Shoxruh Xayrulla o‘g‘lini hisobit ko‘rib chiqildi.

💬 Sessiya davomida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi.

✅ Sessiya yakunida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.


⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 7