🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 11-Istiqlol saylov okrugi “Adolat” SDP deputati Dosova Gulxumar Quranbayevna hamda Kengash kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan Shovot tumani Davlat xizmatlari markazida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
📌 Uchrashuv davomida fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati, murojaatlar bilan ishlash, aholining huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda davlat xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilindi.
🔎 Shuningdek, deputatlik faoliyati doirasida aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.