35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
“MIRZO ULUG’BEK”MAHALLASIDAGI TRANSFORMATOR PODSTANSIYALARINING HOLATI O‘RGANILDI👇👇👇

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati R.Yusupov “Mirzo Ulug’bek”mahallasida joylashgan transformator podstansiyalarining texnik holati hamda yozning jazirama kunlarida elektr energiyasining uzluksiz va barqaror yetkazib berilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

💡Elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari, mahalla faollari hamda mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

⚡️O‘rganish davomida transformator podstansiyalarining texnik sozligi, mavjud uskunalarning xavfsiz ekspluatatsiyasi, elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklama, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash holati hamda favqulodda nosozliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

📊Shuningdek, yoz mavsumida elektr ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, avariya holatlarining oldini olish, transformator podstansiyalarini muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

✍️O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan elektr ta’minoti obyektlarining ishonchli faoliyatini ta’minlash, aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ushbu masala doimiy komissiyaning deputatlik nazoratida bo‘lishi belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2